Перейти к основному содержимому
NTI
18 апреля 2025 г.

Xarid qilish bo'yicha menejer

Vazifalar:

  • Eng yaxshi amaliyotlar va bozor tahlilini hisobga olgan holda o'z toifalari doirasida strategiyani ishlab chiqish
  • Asosiy ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish va ichki korporativ taqqoslov tahlilini o‘tkazish
  • Direksiya rahbariyati va Kompaniyaning yuqori boshqaruv organlari uchun taqdimotlar va tahliliy materiallar tayyorlash
  • Xarid jarayonlariga oid audit natijalarini kelishish bo‘yicha ichki auditorlar bilan hamkorlik qilish
  • Xarid tizimini rivojlantirishga doir vakolatlar va loyihalar doirasida Veon bilan hamkorlik
  • Xarid/ shartnoma hujjatlarini tayyorlashni tashkil etish va xarid/kontrakt jarayonlarining bosqichlarini nazorat qilish
  • Xarid jarayonida samaradorlikni ta’minlash uchun ekspertlar guruhini muvofiqlashtirish va mas’uliyatni taqsimlash
  • Ishlar jadvaliga rioya qilishni ta’minlash uchun loyiha boshqaruv vositalaridan foydalanish

Talablar:

  • Oliy ma’lumot (iqtisod, huquq, logistika yoki savdo yo‘nalishlarida)
  • Xarid/ta’minot sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi
  • Rus va ingliz tillarini erkin bilish (o‘qish, yozish, so‘zlashish)
  • Ushbu lavozim darajasida Kompaniyada amal qiluvchi xodim kompetensiyalari modeliga muvofiqlik
  • Xarid faoliyati va asosiy me’yoriy hujjatlar talablarini bilish
  • Xarid qilinadigan mahsulot va/yoki xizmat bozorini bilish
  • Kompyuter bilimlari: Microsoft Office dasturlaridan yuqori darajada foydalanish
  • Internet tarmog‘idagi vosita va resurslardan foydalanishni bilish
  • Muloqot olib borish bo‘yicha yaxshi ko‘nikmalar, murakkab muzokaralarni mustaqil o‘tkazish tajribasi
  • Mustaqil ishlash, qaror qabul qilish va o‘zlashtirish qobiliyati
  • A’lo darajadagi kommunikatsiya ko‘nikmalari. Jamoa bilan ishlash qobiliyati
  • Bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifalarni boshqarish qobiliyati
  • Vaziyatlarni tahlil qilish va o‘z funksiyasi doirasida ishbilarmon yozishmalarni yuritish bo‘yicha yaxshi ko‘nikmalar

Sharoitlar:

  • Ish jadvali 5/2 – ofis
  • Amaldagi qonunchilikka muvofiq mehnat munosabatlarini ro'yxatdan o'tkazish
  • Ixtiyoriy tibbiy sug'urta yoki Chexov fitness klubiga obuna
  • Yiliga 27 kalendar kunlik pullik ta'til
  • Xodimlarni o'qitish va rivojlantirish imkoniyatlari
  • Xizmat uyali aloqa

Rezyumelarni quyidagi manzilga yuboring: mkolienko@beeline.uz

Biz nimani taklif etamiz

Rasmiy ishga joylashtirish

O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq

Karyera o'sishi

Rivojlanish dasturlari

Xizmat aloqasi

Korporativ tarif

To'lanadigan ta'til

24-30 ish kuni

Tibbiy sug'urta

Xodimlar uchun ixtiyoriy tibbiy sug'urta

Professionallar jamoasi

Tajribali hamkasblar

Bo'sh ish o'rniga ariza berish

Rezyume yuklash